Turkmanistonlik talabalarga zilzila paytida qilinadigan ishlar bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Turkmanistonlik talabalarga zilzila paytida qilinadigan ishlar bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi

Xabaringiz bor, joriy yil 6-oktyabrda 2−3 ball atrofida bo’lgan yerosti silkinishi tufayli Toshkentdagi yotoqxonalarning birida talabalar orasida vahimaga sabab boʻlgani tasvirlangan video tarqalgandi.

 

 

Unda, Turkmanistonlik talabalar o‘z yurtlarida bunday tabiiy hodisalar kam uchrashi sababli zilzila mohiyatini yetarlicha bilmasligini bildirgan edi.

 

Shu sabab, 8-oktyabr kuni “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti, “Yer resurslari va kadastr” fakultetida tahsil olayotgan Turkmanistonlik talabalar o‘rtasida psixologik tinchlikni tiklash, to‘g‘ri harakatlanish ko‘nikmalarini shakllantirish va xavfsizlik madaniyatini oshirish maqsadida “Zilzila paytida tinchlikni saqlash — eng katta xavfsizlik!” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

 

Unda mutaxassislar tomonidan zilzila nima, uning sodir bo‘lish sabablari, epitsentr va magnituda kabi asosiy tushunchalar izohlab berilgan. Talabalar zilzila vaqtida psixologik xotirjamlikni saqlash, vahimaga berilmaslik va boshqalarga yordam berishning ahamiyatini tushuntirilgan.

 

 Amaliy mashg‘ulotlar davomida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilgan:

 

– zilzila paytida xavfsiz joyni (stol tagi, devor burchagi, eshik romlari) to‘g‘ri tanlash;

 

– elektr jihozlari va gaz manbalarini o‘chirish zarurligi;

 

– liftlardan foydalanmaslik, evakuatsiya vaqtida tartib va birdamlikni saqlash;

 

– ochiq maydonga chiqqanda binolar, daraxtlar va elektr ustunlaridan uzoqroq joyda to‘planish;

 

– zilzila to‘xtagach rasmiy xabarlarni kutish, o‘zboshimchalik bilan binolarga qaytmaslik.

 

 

Trening jarayonida talabalar uchun evakuatsiya mashqi ham o‘tkazilgan. Ular signal berilgach, belgilangan yo‘laklar orqali binodan chiqish, ochiq maydonda xavfsiz tarzda to‘planish harakatlarini amalda bajarilgan.

 

Turkmanistonlik talabalarga zilzila paytida qilinadigan ishlar bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi