Xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlar tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha sertifikatlar tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 6-oktyabrdagi 3515-1-sonli qo‘shma qaroriga ko‘ra xorijiy tillar va umumta’lim fanlarini bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

 

 

Unga ko‘ra:

 

 

➖ Ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlarning rasmiy ro‘yxatidan o‘tgan test markazlariga (authorized test centers) tashrif buyurmasdan, tashkilot vakillarining bevosita nazorati ostida imtihonni topshirmasdan, masofadan olingan sertifikatlar (Remote, Home Edition va boshqa turdagi sertifikatlar) uchun ustamalar qo‘llanilmaydi hamda ushbu sertifikatlar umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda va ishga qabul qilishda tan olinmaydi.

 

 

➖ Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga kirishda, ishga qabul qilishda hamda ustamalar belgilashda amal qilish muddati berilmagan sertifikatlar ushbu sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga amal qiladi.

 

 

➖ Mazkur qaror kuchga kirgungacha olingan sertifikatlar ularning olingan kunidan boshlab amal qilish muddati tugaguncha (muddati berilmagan sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) qadar bo‘lgan muddatda o‘qishga va ishga qabul qilishda, shuningdek ustamalar to‘lashda inobatga olinadi.

 

➖ 2025 yil 3 oktabr sanasiga qadar olingan Test of English as a Foreign Language (TOEFL iTP) va Microsoft Certified Educator (MCE) xalqaro sertifikatlari uchun ularning amal qilish muddati tugaguncha (muddati berilmagan sertifikatlar uchun sertifikat olingan kundan boshlab uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’limga o‘qishga kirish, ishga qabul qilish hamda ustamalar belgilash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llaniladi. Bunda, 2025 yil 3 oktabr sanasidan keyin olingan yuqoridagi sertifikatlar uchun o‘qishga kirish, ishga qabul qilish hamda ustamalar belgilash bo‘yicha imtiyozlar qo‘llanilmaydi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish