Oʻquv xonalarining harorati necha darajada boʻlishi kerak?

Oʻquv xonalarining harorati necha darajada boʻlishi kerak?

Taʼlim muassasalarining oʻquv xonalarida mashgʻulotlar oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq oʻquv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º C, oʻrtacha ogʻir ishda 17º C va ogʻir ishda 16º C dan past bo’lmasligi kerak.

 

 

Fizika oʻquv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º C – 21º C, havoning namligi 40 – 60 foiz boʻlishi kerak.

 

Taʼlim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan boʻlishi lozim.

 

 

Shuningdek, taʼlim binosida kanalizatsiya tizimi yoʻq boʻlganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda taʼlim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qoʻl yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat oʻralarining mavjud boʻlishiga ruxsat etiladi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish