2024-yil I choragi davomida 22 ming nafardan ortiq talabaga 184 mlrd soʻmga yaqin ta’lim kreditlari ajratilgan – vazirlik - Ta’lim xabarlari
2024-yil I choragi davomida 22 ming nafardan ortiq talabaga 184 mlrd soʻmga yaqin ta’lim kreditlari ajratilgan – vazirlik

Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil I choragi davomida 22 151 nafar talabaga 183,8 mlrd soʻm imtiyozli ta’lim kreditlari ajratilgan.

 

Ushbu kreditlarning katta qismi, ya’ni 80 foizi xotin-qizlarga berilgan. Ya’ni, 17 830 nafar talaba bu imkoniyatdan foydalangan.

 

“Maʼlumot uchun: “Talim-krediti.mf.uz” platformasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklarining 6 tasi bilan elektron axborot almashinuvi yoʻlga qoʻyilishi natijasida taʼlim krediti ajratilgan 141 ming nafar talabaning elektron maʼlumotlar bazasi shakllantirilgan”, – deyiladi vazirlik ma’lumotida.

 

Ta’kidlash lozim, oldinroq yangi o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratilishi haqida xabar bergan edik.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры