6-yo‘nalish natijalari qachon e’lon qilinadi?

6-yo‘nalish natijalari qachon e’lon qilinadi?

Xabaringiz bor, 2025-yilgi kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan, shu jumladan roʻyxatdan oʻtishning 2-bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlarga 6-yo’nalish uchun bo’sh o’rinlarga ariza yuborish imkoni berilgandi.

 

 

Ya’ni davlat oliy ta’lim tashkilotlarida qolgan vakant bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga tanlovda ishtirok etish uchun 2025-yil 25-sentyabrdan 3-oktyabrga qadar (shu kuni ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn roʻyxatdan oʻtildi.

 

 

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida abituriyentlar fanlar majmuasi mos bo‘lgan bakalavriat yo‘nalishini tanlash imkoniyati berildi. Talabgorlar toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilingan holda vakant oʻrinlarga bazaviy toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

 

 

Tanlov natijalari boʻyicha qaydnomalar 2025-yil 8-oktyabrga qadar chop etilib, tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga talabalikka qabul qilish boʻyicha hujjatlarni rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.

 

 

Muhim eslatma! Agar abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos vakant o‘rinlar mavjud bo‘lmasa, tanlovda qatnashish imkoniyati berilmaydi.