Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 30-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari taʼlimni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-277-son qarori ijrosi haqida”gi 368-son buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko’ra, 2025-yil 1-oktyabrdan tegishli viloyatlar va Toshkent shahri bolalar kutubxonalarining 182 ta shtat birligi ‘‘Kelajak’’ markazlariga o‘tkaziladi.
Maktabdan tashqari ta’limni tashkil etish boshqarmasi 2026-yil mart oyiga qadar ‘‘Kelajak’’ markazlari faoliyatini to’liq raqamlashtirish bo’yicha platforma ishga tushiriladi.
Qoraqalpog’iston maktabgacha va maktab ta’limi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari boshliqlariga bir oy muddatda hududiy va mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda ‘‘Kelajak’’ markazlari binolariga joylashtirilgan boshqa tashkilotlarni chiqarish choralarini ko’rish topshirilgan.
Shuningdek, Buxoro viloyati, Namangan viloyati, Samarqand viloyati va Xorazm viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari bir oy muddatda ‘‘Kelajak’’ markazlari huzurida bolalar sayyohlik bazalari faoliyatini yo’lga qo’yishi belgilangan.
Bunda bolalar sayyohlik bazasining to’liq faoliyat ko’rsatishi uchun hududiy hokimlikning alohida konsepsiyasi ishlab chiqiladi hamda mavjud binolarni ta’mirlash, yangi binolarni qurish hamda har yili moliyalashtirish manbalari, avtobus va tegishli transport vositalari bilan ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratiladi.
368-son buyruq — Faylni yuklash
