Toifa olishga to‘lov qilmaganlar uchun vaqt uzaytirildi

Toifa olishga to‘lov qilmaganlar uchun vaqt uzaytirildi

Avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan attestatsiyada navbatdan tashqari turi boʻyicha ishtirok etish uchun 1-oktyabrga qadar (shu kuni ham) murojaat yuborib toʻlov qilishga ulgurmagan pedagoglar, yaqin 4-5 kun davomida toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin.

 

 

Hukumatning tegishli nizomining 21-bandiga muvofiq pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

 

 

Toʻlovlar miqdori:

 

a) davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi ( 2025-yil 1-avgustdan boshlab 412 ming soʻm);

 

b) pedagog.uzedu.uz – platforasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm);

 

v) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat etilganda,murojaat etilganda bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (2025-yil 1-avgustdan boshlab 370 ming 800 soʻm).

 

 

Toʻlovlar attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi. Yaʼni, “navbatdan tashqari attestatsiya” turi tanlanganda har bir pedagog uchun toʻlov toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar koʻrsatilgan xabarnoma (kvitansiya) yuboriladi. Toʻlovlarni shu kvitansiyada koʻrsatilgan INVOYS RAQAMIGA oʻtkazish kerak boʻladi.