Bayram statistikasi: Oʻzbekistonda oʻqituvchilar soni 43,4 % ga oshgan

Bayram statistikasi: Oʻzbekistonda oʻqituvchilar soni 43,4 % ga oshgan

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025 oʻquv yili boshiga umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etgan (oʻrindoshlarsiz).

 

Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan oʻqituvchilar soni yillar kesimida:

 

— 2015/2016 oʻquv yili boshiga — 385 ming nafar;

 

— 2016/2017 oʻquv yili boshiga — 390,6 ming nafar;

 

— 2017/2018 oʻquv yili boshiga — 409,4 ming nafar;

 

— 2018/2019 oʻquv yili boshiga — 444,2 ming nafar;

 

— 2019/2020 oʻquv yili boshiga — 486,6 ming nafar;

 

— 2020/2021 oʻquv yili boshiga — 508 ming nafar;

 

— 2021/2022 oʻquv yili boshiga — 510 ming nafar;

 

— 2022/2023 oʻquv yili boshiga — 521,6 ming nafar;

 

— 2023/2024 oʻquv yili boshiga — 547,8 ming nafar;

 

— 2024/2025 oʻquv yili boshiga — 564,9 ming nafarni tashkil etgan.

 

 

2015/2016 oʻquv yili boshida 385 ming nafar o‘qituvchi faoliyat yuritgan bo’lsa, 2019/2020 yilga kelib ushbu koʻrsatkich 486,6 ming nafarga yetgan. Bunda 4-5 yil ichida pedagoglar soni 101,1 ming nafarga oshganini ko’rsatadi.

 

 

10 yil ichida esa o’qituvchilar soni 170,9 ming nafarga yoki 43,4 % ga oshgan. Shundan 71 foizi yoki 401,3 ming nafarini ayollar, 29 foizi 163,6 ming nafarini erkaklar tashkil etgan.