Professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlar attestatsiyasi test sinovlariga ikki kun qoldi - Ta’lim xabarlari
Professional taʼlim muassasalari pedagog kadrlar attestatsiyasi test sinovlariga ikki kun qoldi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining pedagog.edu.uz sayti orqali hujjat topshirgan oʻrta maxsus (akademik litsey) va professional taʼlim muassasalarining 7576 nafar pedagog kadrlari 20–24-may kunlari attestatsiya test sinovlaridan oʻtkaziladi.

 

Hududlar kesimida test sinovlari quyidagi OTMlarda boʻlib oʻtadi:

 

Qoraqalpoq davlat universiteti;
Andijon davlat tibbiyot instituti;
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti;
Jizzax politexnika instituti;
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
Navoiy davlat pedagogika instituti;
Namangan davlat pedagogika instituti;
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti;
Guliston davlat universiteti;
Termiz davlat universiteti;
Toshkent davlat pedagogika universiteti;
Fargʻona politexnika instituti;
Urganch davlat universiteti;
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti.

 

Har bir hududdagi test sinolari test sinovlari ikki smenada soat 10:00 da va 14:00 da boshlanadi. Test sinovlari oʻtkaziladigan obyektlar va test sinovlari vaqti haqida maʼlumotlar pedagog.edu.uz saytidan ham bilib olish mumkin.

 

Shu oʻrinda, test topshiruvchi pedagog kadrlar test sinovlari oʻtkaziladigan oliy taʼlim muassasalariga kamida test boshlanish vaqtidan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari va nazorat roʻyxatidan oʻtishlari lozimligini eslatamiz.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры