Maktab va bolalar bogʻchalarining 20 foizi hali kuz-qish mavsumiga tayyor emas — Prezident

Maktab va bolalar bogʻchalarining 20 foizi hali kuz-qish mavsumiga tayyor emas — Prezident

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida hududlarda paxta hosili yigʻimi, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, investitsiya va eksport koʻrsatkichlari ijrosi hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar tahlili yuzasidan kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

 

Yigʻilishda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham koʻrib chiqildi.

 

Respublika boʻyicha 640 ta maktab va bogʻchadan 125 tasida taʼmirlash ishlari hali yakunlanmagan. 9,8 ming koʻp qavatli uyning qariyb mingtasi tayyor emas. Jizzax va Surxondaryodagi qozonxonalar taʼmiri ham oxirigacha yetkazilmagan.

 

Davlat rahbari ikki hafta ichida bu masalalarni hal etish, nimstansiya, elektr va suv tarmoqlarini mavsumga shay holatga keltirish zarurligini qayd etdi.

 

Yigʻilish yakunida Prezident barcha yoʻnalishlarda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va toʻliq bajarish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.