Bitiruvchilar yakuniy attestatsiya imtihoniga kechikib kelsa, unga qanday jazo chorasi qoʻllash mumkin? - Ta’lim xabarlari
Bitiruvchilar yakuniy attestatsiya imtihoniga kechikib kelsa, unga qanday jazo chorasi qoʻllash mumkin?

Umumiy oʻrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq barcha maktablarda yakuniy attestatsiya ertalab soat 8:00 dan boshlanadi.

 

Yakuniy davlat attestatsiyasiga kechikib kelgan oʻquvchi belgilangan tartibni buzgan hisoblanadi. Bitiruvchi ogʻzaki yoki yozma yakuniy attestatsiyani topshirish jarayonida belgilangan tartibni buzgan taqdirda, u yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinadi.

 

Bitiruvchi yakuniy attestatsiyani davom ettirish huquqidan mahrum qilinganda yakuniy attestatsiya komissiyasi tomonidan bu haqda yakuniy attestatsiya bayonnomasiga yozib qoʻyiladi.

 

Maktab pedagogik kengashining qarori asosida unga yakuniy attestatsiya tugagan kundan keyin 2 hafta oʻtgach mazkur fandan qayta yakuniy attestatsiyadan oʻtishga ruxsat berilishi mumkin.

 

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʻqishga qoldiriladi.

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Ta’lim-biznes

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Образование-бизнес

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры