Ayrim OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi

Ayrim OTMlar tomonidan super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlandi

2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun 56.7 va undan yuqori ball to‘lgan, lekin qabul chizig‘iga 4,05 balldan ko‘p yetmagan abituriyentlarga super-kontraktning miqdorlari e’lon qilina boshlandi.

 

 

Eng kami bazaviy kontraktning 3.5 baravari bo‘lsa, eng ko‘pi 6 baravari etib tasdiqlangan.

 

 

IZOH: qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan.

 

 

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

 

1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari;

 

2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari;

 

3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari.

 

 

Ta’lim eksperti Zafarshoh Amirqulovning ma’lum qilishicha, 25-sentyabr kuni yakunigacha barcha OTMlar super-kontrakt miqdorlarini e’lon qilishi kerak.