Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun xorijiy va nodavlat OTMlariga 200 ta maqsadli kvota ajratildi

Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun xorijiy va nodavlat OTMlariga 200 ta maqsadli kvota ajratildi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan va umumiy o‘rta, o‘rta maxsus yoki kasbiy taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlarga respublikada faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari hamda ularning filiallariga davlat granti asosida qo‘shimcha 200 ta maqsadli qabul parametrlari ajratildi.

 

Ushbu toifadagi abituriyentlar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida 2025-yil 29-sentyabrdan 6-oktyabrgacha (6-oktyabr to’lovning oxirgi kuni) ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

 

Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar uchun test sinovlari talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda 2025-yil 12-oktyabrga qadar o‘tkaziladi.

 

Tanlov natijalari 2025-yil 17-oktyabrga qadar my.uzbmb.uz saytida e’lon qilinadi.

 

Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ–4319-son qaroriga muvofiq 0,5 BHM miqdordagi to‘lov undiriladi.

 

Qoraqalpog‘iston yoshlari uchun xorijiy va nodavlat OTMlariga 200 ta maqsadli kvota ajratildi