Maktab maslahatchisi maoshi maktab direktori o‘rinbosari oyligiga tenglashtiriladi

Maktab maslahatchisi maoshi maktab direktori o‘rinbosari oyligiga tenglashtiriladi

Prezidentning joriy yil 8-sentyabrdagi PQ-277-son qaroriga ko’ra, maktab maslahatchisi lavozim maoshi umumiy o‘rta ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosari lavozim maoshiga tenglashtiriladi.

 

 

Menejerlik sertifikatiga ega bo’lgan maktab maslahatchilariga 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga tegishlicha har oylik 30 foiz miqdorida qo’shimcha ustamalar to’lanadi.

 

 

Umumiy o’rta ta’lim tashkilotlari o’quvchilari bilan ishlashda ularning ijtimoiy ko’nikmalarini rivojlantirish maqsadida mahalla, maktab, oila va jamoat tashkilotlari hamkorligiga asoslangan tizim joriy etiladi. Bunda:

 

 

– umumiy o’rta ta’lim tashkilotlaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari va psixolog tomonidan barcha o’quvchilarning xulq-atvori ilg’or xorijiy tajriba asosida ishlab chiqiladigan indikatorlar asosida tizimli tahlil qilinadi;

 

– o’tkazilgan tahlil natijalariga ko’ra va o’quvchilarning shaxsiy rivojlanish ehtiyojidan kelib chiqqan holda ular bilan ishlashning maqsadli yo’nalishlari belgilanib, har bir yo’nalish bo’yicha mas’ullar va individual ish rejalar tasdiqlanadi;

 

– o’quvchilarning yetakchilik, ijodiy va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ijtimoiy va ekologik loyihalar, to’garaklarga jalb qilish ishlari maktab maslahatchilari tomonidan muvofiqlashtiriladi;

 

– xulq-atvorida muayyan murakkabliklar kuzatilgan o’quvchilar bilan maqsadli ishlash ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosarlari, maktab psixologlari, yoshlar yetakchilari hamda mahalla va ota-onalar kengashi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.