Pedagog attestatsiya turini noto‘g‘ri tanlasa, to‘lovi qaytariladimi?

Pedagog attestatsiya turini noto‘g‘ri tanlasa, to‘lovi qaytariladimi?

Hukumatning 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarorining 25-bandiga asosan, noto‘g‘ri ma’lumotlar yoki qalbaki hujjatlar taqdim etilganligi aniqlangan har qanday bosqichda pedagog kadrning hujjatlarini qabul qilish va attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni to‘xtatiladi, topshirilgan hujjatlar va to‘langan yig‘im qaytarilmaydi.

 

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatning qalbaki ekanligini aniqlash vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.

 

Vakolatli vazirliklarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar asosida pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlarning haqqoniyligini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, vakolatli vazirliklar tomonidan tegishli vakolatli tashkilotlarga so‘rovnoma yuboriladi.

 

Pedagog kadrlar tomonidan topshirilgan hujjatlar qalbaki ekanligi aniqlangan taqdirda, mazkur hujjatlar vakolatli vazirliklar tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etiladi.

 

Attestatsiya turining noto‘g‘ri tanlanishi ham noto‘g‘ri ma’lumot berish hisoblanadi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish