Texnikum oʻqituvchilariga 50 foizgacha ustama toʻlanadi

Texnikum oʻqituvchilariga 50 foizgacha ustama toʻlanadi

Kecha Prezident boshchiligida o‘tkazilgan muloqotda texnikum oʻqituvchi va ustalarining malakasi hamda mavqeini oshirish boʻyicha yangi tashabbuslarni eʼlon qildi.

 

Unga ko’ra, texnikum pedagoglari uchun kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etilib, milliy sertifikat olganlarga oylikning 30%, xalqaro sertifikat olganlarga esa 50% ustama toʻlanadi. Direktor va oʻrinbosarlar maktabdagidek maosh oladi, “Direktorlar maktabi” sertifikatiga ega boʻlsa, yana 20% qoʻshimcha ustama beriladi.

 

Ilmiy daraja va unvonlar uchun ham ustama toʻlash yoʻlga qoʻyiladi. Har yili 500 oʻqituvchi xorijiy taʼlim muassasalariga, 500 usta esa yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.

 

 

Yangi yildan boshlab kamida 15 yil stajga ega boʻlgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlangʻich badalining 25 foizi qoplab beriladi.

 

 

Kelgusi oʻquv yilida davlat oliygohlariga oʻqishga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz chegirma beriladi. Shuningdek, pedagoglar uchun davlat xizmatlari toʻlovi 2 karra kamaytiriladi.

 

 

Fan oʻqituvchilari kabi boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilari uchun ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinib, sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama toʻlanadi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish