Young Economic Forum: Ispaniyada 16-45 yosh oralig’idagilar uchun xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadigan forum

Young Economic Forum: Ispaniyada 16-45 yosh oralig’idagilar uchun xarajatlari toʻliq va qisman qoplanadigan forum

Xalqaro siyosiy iqtisodiyot markazi (The Centre for International Political Economy) Young Economic Forum dasturini e’lon qiladi. Forum 2025-yil 9–11 noyabr kunlari Ispaniyaning Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi. Dastur butun dunyodan olimlar, talabalar, yosh yetakchilar, iqtisodchilar va siyosatchilarni bir joyga jamlaydi.

 

 

Forum mavzulari:

 

 

Global iqtisodiy trendlar va kelajakdagi muammolar;

Raqamli iqtisodiyot va innovatsiya;

Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot;

Iqtisodiy chidamlilik va inqirozni boshqarish;

Yoshlar iqtisodiy siyosat va taraqqiyotning boshqaruvchilari sifatida;

Shimol-janub hamkorligi va mintaqaviy iqtisodiy integratsiya.

Qatnashish turlari:

 

Xarajatlari to‘liq qoplanadigan kategoriya – barcha xarajatlar forum tomonidan qoplanadi.

Xarajatlari qisman qoplanadigan kategoriya – ishtirokchilar $699 badal puli to‘laydi.

 

 

Dasturga ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 24-sentyabrgacha davom etadi.

Dastur haqida ushbu havola orqali toʻliq maʼlumot olish mumkin.

Kimlar ariza topshirishi mumkin?

 

– 16–45 yoshdagilar;

– iqtisodiy rivojlanish va siyosiy shakllantirish sohasiga qiziquvchilar;

– talabalar, xodimlar, yosh yetakchilar va iqtisodiyot sohasi mutaxassislari.

 

To‘liq xarajat qoplanadigan kategoriya ishtirokchilarini tanlash mezonlari:

 

Ariza sifati (aniqlik va mazmun)

Ta’lim va ish tajribasi

Yoshlar bilan ishlash va yutuqlar

Ijodiy loyiha va muloqot ko‘nikmalari

Intervyu va ijtimoiy harakat rejalari.

 

Forumda qatnashishning foydali tomonlari:

 

Xarajatlari to‘liq qoplanadigan kategoriya uchun ($16,99):

Forumga taklif xati

Oziq-ovqat

Yo‘l chiptasi va transport xarajatlari

3 kunlik turar-joy

Forum uchun kerakli buyumlar

Loyiha hamkori

Mentorlik va iqtisodchilar bilan tashriflar

Ishtirok sertifikati

Amaliyot imkoniyati

10 haftalik virtual kurs granti

Bitiruv nishoni

 

Xarajatlari qoplanmaydigan kategoriya uchun ($699):

Forumga taklif xati

Oziq-ovqat

3 kunlik turar-joy

Forum uchun kerakli buyumlar

Loyiha hamkori

Mentorlik va iqtisodchilar bilan tashriflar

Ishtirok sertifikati

Amaliyot imkoniyati

10 haftalik virtual kurs granti

Bitiruv nishoni

Keyingi forumlarda qisman grant (Jeneva, Singapur, AQSh)

 

Hujjat topshirish:

 

Dasturga ikki kategoriya boʻyicha ariza topshirish mumkin boʻlib, xarajatlari qoplanadigan kategoriya uchun $16,99, xarajatlari qoplanmaydigan kategoriya uchun esa $699 badal puli mavjud.

 

 

Xarajatlari toʻliq qoplanadigan kategoriya uchun ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

 

 

Xarajatlari qoplanmaydigan kategoriya uchun ushbu havola orqali ariza topshirish mumkin.

 

 

Eslatma! Dastur uchun toʻlangan badal puli dastur maʼmuriyati tomonidan qaytarib berilmaydi.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish