Xabaringiz bor, 22-24-avgust kuni Fan olimpiadalari markazi tomonidan matematika, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha O‘qituvchilar olimpiadasining tuman(shahar) bosqichi bo’lib o’tgandi.
Olimpiadaning tuman (shahar) bosqichida Respublika boʻylab hududlar kesimida biologiyadan 4 755 nafar (79%) informatika va axborot texnologiyalari fanidan 5 043 nafar (76 %) ishtirokchilar qatnashgan.
Agentlik huzuridagi Fan olimpiadalari markazining ma’lum qilishicha, hozirda natijalar malakali ekspertlar tomonidan koʻrib chiqilmoqda.
Natijalar nega darhol e’lon qilinmadi?
– ishtirokchilarning javob varaqalari markaziy tekshiruv uchun Toshkent shahriga yetkazildi;
– test topshiriqlari mutaxassislar tomonidan batafsil tahlil qilinmoqda;
– aniqlik, shaffoflik va adolat tamoyillariga qat’iy rioya qilinmoqda, deyiladi xabarda.
Natijalar 6-sentyabr kuni quyidagi tartibda e’lon qilinadi:
Matematika fani – soat 10:00 da,
Biologiya fani – soat 11:00 da,
Informatika va axborot texnologiyalari fani – soat 12:00 da.
