Joriy o‘quv yilida Respublika bo’ylab 208 ta “Jasorat maktablari” ham o‘z faoliyatini boshladi.
Kecha, 2-sentyabr kuni «Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!» shiori ostida tashkil etilgan «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirida umumta’lim maktablari negizida tashkil etilgan “Jasorat maktablari” o‘quvchilari ham ishtirok etishgan.
Mazkur ta’lim muassasalariga ikki bosqichli saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 5 408 nafar o‘quvchilar Jasorat sinflarida o‘qishni boshlashgan.
