Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov 27-avgustda bo‘lib o‘tgan to‘rtinchi ustozlar milliy forumida majburiy mehnatga chiqadigan o‘qituvchilar ham ishdan olinishi kerakligini aytdi.
«Majburiy mehnat mutlaqo mumkin emas. O‘qituvchilarga fursatdan foydalanib bir narsani aytmoqchimanki, bironta maktabda agar majburiy mehnat bo‘ladigan bo‘lsa, avtomatik tarzda direktor olinishi kerak. Shu majburiy mehnatga chiqqan odamni ham ishdan olish kerak. Chunki uni majburlab chiqargan bo‘lsa, hech qanaqa huquqi yo‘q bo‘lsa, chalasavod bo‘lsa, ko‘rmulla bo‘ladigan bo‘lsa-yu, uni chiq desa, chiqib ketaversa, u qanaqa o‘qituvchi bo‘ladi? Shuning uchun har bitta holatga jiddiy e’tibor qaratish kerak», – deydi viloyat hokimi.
Shuning, viloyat hokimi o’qituvchilarga yuklatiladigan majburiy obuna masalasiga ham to’xtatlib o’tgan.
«Ikkinchisu bu – meni qiynaydigan obuna masalasi. Birorta o‘qituvchi obuna bo‘ladigan bo‘lsa, o‘sha maktab direktorini ishdan olaman. O‘sha paytida ishdan olaman. Obuna bo‘ladigan bo‘lsangiz, o‘zingiz obuna bo‘ling, bitta gazetaga. Ana zamdirektoringiz bor, to‘rttami-beshtadan. Ana zavxozingiz bor. O‘qituvchiga teginmang», – degan viloyat hokimi Erkinjon Turdimov.
