Namanganda bogʻcha bolalari polda uxladi: direktorga intizomiy chora ko‘rildi

Namanganda bogʻcha bolalari polda uxladi: direktorga intizomiy chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chortoq tumanidagi 17-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida bolalar polda uxlab yotgani aks etgan videomaterial tarqalgandi. Holat yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

 

 

Aniqlanishicha, mazkur muassasada qisqa muddatli guruhlar mavjud boʻlib, ularda bolalar bir necha soat davomida shugʻullanishadi va kunduzgi uyqu rejasi joriy qilinmagan. Holat yuzaga kelgan kuni bunday guruhlardagi 12 nafar tarbiyalanuvchi ota-onalari vaqtida olib keta olmagani bois bogʻchada qolib ketgan, kutish jarayonida esa ular uxlab qolgan.

 

 

 

Vazirlik mazkur muassasada aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan. Shuningdek, bogʻcha direktoriga nisbatan intizomiy jazo chorasi qoʻllanilgan.