Tailandda joylashgan Chulabhorn Graduate Institute (CGI) xalqaro talabalar uchun magistratura bosqichida to‘liq moliyalashtirilgan o‘qish imkonini beruvchi CGI Scholarships grant dasturini e’lon qildi. Ushbu dastur doirasida jami 15 ta o‘rin ajratilgan.
Grant dasturi avval 6 haftalik malaka oshirish kursini o‘z ichiga oladi, so‘ngra talabalar 2 yil davomida magistratura bosqichida tahsil olishlari mumkin. Grant talabalarning har yili erishgan yutuqlariga qarab yangilanadi.
Ta’lim yo‘nalishlari:
Applied Biological Sciences: Environmental Health
Institut haqida
Chulabhorn Graduate Institute (CGI) 2005-yilda professor Chulabhorn Krom Phra Srisavangavadhana tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, ilmiy kadrlar va yetakchilarni tayyorlashni maqsad qilgan. Institut zamonaviy interaktiv usullar orqali o‘qitish va tadqiqot ishlarini olib boradi.
Kimlar qatnashishi mumkin?
30 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar;
Quyidagi yo‘nalishlarda kamida GPA 2.75 bilan bakalavr diplomi:
Sciences: Chemistry, Biology, Biological Sciences, Molecular Biology, Environmental Sciences
Medical Sciences: Medicine, Medical Technology
Pharmacy yoki Pharmaceutical Sciences
Boshqa tegishli yo‘nalishdagi mutaxassislar ham ariza topshirishi mumkin;
Ingliz tili bilish (IELTS/TOEFL sertifikati talab qilinadi);
Ilmiy laboratoriya tadqiqotlarida tajribaga ega bo‘lish.
Dastur haqida batafsil ushbu havola orqali maʼlumot olish mumkin.
Grantning afzalliklari
O‘qish va boshqa akademik to‘lovlarning to‘liq qoplanishi;
Borish-kelish uchun aviachipta;
Oylik stipendiya;
Viza to‘lovi, yashash va turarjoy xarajatlari;
Kitoblar va tibbiy sug‘urta uchun mablag‘.
Ariza topshirish tartibi
Nomzodlar ariza shaklini to‘ldirib, kerakli hujjatlar bilan birga cgi_academic@cgi.ac.th elektron manziliga yuborishlari kerak. Shuningdek, barcha hujjatlar pochta orqali quyidagi manzilga jo‘natiladi:
Chulabhorn Graduate Institute (CGI Scholarship Program)
54 Kamphangphet 6 Road, Talat Bang Khen, Laksi, Bangkok 10210 THAILAND
Kerakli hujjatlar:
To‘liq akademik transkriptlar;
3 ta tavsiyanoma;
Tadqiqotga bo‘lgan qiziqishni tushuntiruvchi bayonot;
Tibbiyot tarixi bo‘yicha hisobot;
Boshqa qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlar.
Eslatma: Talab qilingan hujjatlari to‘liq bo‘lmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.
Qoʻshimcha maʻlumotlar
Takroran soʻraladigan savollarga javob bu yerda;
Institutning kampusi haqida batafsil bu yerda;
Email: cgi_academic@cgi.ac.th;
Tel: +(66 2) 554-1900/2130;
Faks: +(66 2) 554-1991;
Manzil: The Chulabhorn Graduate Institute
54 Kamphangphet 6 Road, Talat Bang Khen, Laksi, Bangkok 10210 THAILAND.
Muhim sanalar:
Dasturga hujjat topshirish uchun oxirgi muddat: 30-sentabr, 2025-yil;
Yakuniy natijalar 2026-yil yanvar oyida eʼlon qilinadi;
Dastur 2026-yil avgust oyida boshlanadi.
Quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali qoʻshimcha maʼlumot olish mumkin:
