Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi

Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining tegishli buyrugʻi bilan 2023-2024-oʻquv yilida yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkaziladigan fanlar uchun qurʼa tashlash tadbiri o‘tkazildi.

 

Jismoniy tarbiya fanidan o‘tkazilgan jarayonlarda maktab bitiruvchilari quyidagi mashqlar va normativlar asosida baholanadi.

 

Qiz bolalar:

 

8-bilet
1. Yengil atletika. Yugurib kelib kichik ( 150 gr) tennis to’pini uzoqlikka uloqtirish.
Me’yor: (metr) 28 – 23 – 18 – 13

2. Gimnastika. Arg’amchida 1 daqiqa davomida sakrash.
Me’yor: (marta) 120 — 100 — 90 — 80

3. Basketbol. Basketbol savatiga belgilangan jarima to’pini 8 imkoniyatdan
tashlash.
Me’yor: (marta) 4 —3 —2 — 1

 

Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi

 

O‘g‘il bolalar

 

10-bilet

1. Yengil atletika. 2000 metr masofaga vaqt hisobga olingan holatda yugurish.
Me’yor: (daqiqa) 9,30 – 10,00 – 11,00 – 12,00

2. Gimnastika. Baland turnikda tortilish (bajarish texnikasiga e’tibor berish).
Me’yor: (marta) 10 – 8 – 6 – 4

3. Futbol: Futbol to’pini «aut»dan o’yinga kiritish (bajarish texnikasiga e’tibor
berish).

 

Jismoniy tarbiya fanidan maktab o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi uchun qur’a tashlandi