O‘quvchi maktab direktori ruxsatisiz chet elga chiqolmasligi mumkin - Ta’lim xabarlari
O‘quvchi maktab direktori ruxsatisiz chet elga chiqolmasligi mumkin

Muhokamalar portaliga Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “O‘quvchilarni sinfdan sinfga va bir umumiy o‘rta ta’lim muassasasidan boshqasiga o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi buyrugʻi loyihasi joylashtirildi.

 

Unga koʻra ota-onalar farzandi bilan birga qaysi xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan (o‘quv yili davomida) murojaat etadi.

 

Ariza maktab direktori tomonidan (direktor bo‘lmagan vaqtda, direktor vazifasini vaqtincha bajaruvchi) bir ish kuni ichida ko‘rib chiqilib, o‘quvchi vaqtincha xorijiy davlatga ketayotganligi haqida hamda sinf rahbari va fan o‘qituvchilarini xabardor qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi.

 

Maktab direktori quyidagi holatlarda o‘quvchining ota-onalarini, yashash joyidagi mahalla fuqarolar yig‘ini raisini, tegishli tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limini va Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasini yozma ravishda ogohlantiradi va uni dars mashg‘ulotlariga jalb etish choralarini ko‘radi:

 

xorijiy davlatga vaqtincha chiqib ketgan o‘quvchilar xorijda bo‘lish muddati uzaytirilganligi to‘g‘risida bir xafta muddatda maktabni xabardor qilmasdan dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan o‘quvchilar;

 

ota-onalar farzandi bilan xorijiy davlatga ketish sabablarini va xorijda qolish muddatini ko‘rsatgan holda maktab direktori nomiga ariza bilan murojaat etmaganda.

 

Maktab direktori har yili 25-mayga qadar o‘quv yili davomida maktabni xabardor qilmasdan xorijiy davlatga chiqib ketib kamida uch oydan ortiq muddatda uzluksiz dars mashg‘ulotlariga qatnashmagan (o‘quv yili yakunlanishidan oldin darsga qatnashgan o‘quvchilar bundan mustasno) o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasiga kiritadi.

 

Mazkur o‘quvchilar Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi roziligi bilan o‘quvchilar safidan chiqariladi.”

 

Muhokamada ishtirok etish: https://regulation.gov.uz/oz/d/97393

Add a Comment

Your email address will not be published.

Mavzuga oid​

Telegram kanalga a’zo bo’lgan holda yangiliklar to'g'ridan-to'g'ri xabardor bo’ling!

Hamkorlarimiz

По теме

Станьте участником Telegram-канала и будьте в курсе новостей напрямую!

Наши партнеры