2025-yil yanvar-iyun oylarida boʻlib oʻtgan attestatsiyada 86 va undan yuqori ball olib 70% lik qoʻshimcha ustamani qoʻlga kiritgan pedagoglar (oliy va birinchi malaka toifasiga erishgan yoki saqlagan) pedagog.uzedu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetiga kirib “USTAMALAR” boʻlimidan 70 foizlik ustama maʼlumotnomasini yuklab olishlari mumkin.
Maʼlumotnomani yuklab olish uchun USTAMALAR boʻlimining pastgi qismida joylashgan “YUKLAB OLISH” tugmasini bosing.
Maʼlumot uchun: Ustamaning amal qilish muddati 2 yil.
