Malaka oshirish istagidagi shaxslarga qo‘shimcha ta’lim uchun “kasb vaucheri” berilishi mumkin

Malaka oshirish istagidagi shaxslarga qo‘shimcha ta’lim uchun “kasb vaucheri” berilishi mumkin

Prezidentning 2025-yil 4-avgustdagi “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag’batlantirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 126-son Farmoniga ko’ra, 2025-yil 1-noyabrdan malakasini oshirish va kasbga qayta tayyorlanish istagidagi shaxslarga qo’shimcha ta’lim olish uchun “kasb vaucheri” berish tartibi joriy etiladi.

 

 

“Kasb vaucheri” ssuda sifatida beriladi. Shaxs o’qishni tugatib sertifikat olgach, ishga joylashganidan so’ng ssudani 2 yil davomida Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasiga qaytaradi.

 

 

Quyidagi shaxslarga kasb-hunar kurslarida ta’lim olish davrida Jamg’arma hisobidan mehnatga haq to’lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida stipendiya to’lanadi:

 

 

– nogironligi bo’lgan shaxslarga;

 

 

– 3 oydan ortiq davom etadigan kurslarda ta’lim olayotgan Kambag’al oilalar reestridagi oilalar a’zolariga;

 

 

– doimiy yashash joyidan boshqa hududga qatnab ta’lim olayotgan shaxslarga.

 

 

Bunda ishsizlik nafaqasi to’lanishi davrida o’quvchilarga stipendiya tayinlanmaydi.