Bugun o‘qishini ko‘chirish uchun to‘lov qilishning oxirgi kuni

Bugun o‘qishini ko‘chirish uchun to‘lov qilishning oxirgi kuni

2025/2026-o‘quv yili uchun xorijiy hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan va arizasi tasdiqlangan talabgorlar to‘lovni 8-avgust, soat 17:00 gacha amalga oshirishi lozim.

 

Barcha talabgorlarga shaxsiy kabinetlarini muntazam tekshirib borish tavsiya etiladi: my.uzbmb.uz

 

Eslatma: Yangi ariza topshirish yoki mavjud arizani tahrirlash imkoniyati mavjud emas.