Malaka toifasi olish uchun yuborilgan murojaatlarni qabul qilinganligini qanday tekshirish mumkin?

Malaka toifasi olish uchun yuborilgan murojaatlarni qabul qilinganligini qanday tekshirish mumkin?

Xabaringiz bor, 1-avgustdan boshlab avgust-dekabr oylarida oʻtkaziladigan pedagog kadrlar attestatsiyasida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlangan.

 

 

Yuborilgan barcha murojaatlar (shu jumladan, xatolari tahrirlanib qaytadan yuborilgan murojaatlar ham) toifa testlari boshlangunga qadar (25-30 kun ichida) koʻrib chiqiladi va oʻrganish natijalari toʻgʻrisida shaxsiy kabinetlarga xabarlar yuboriladi.

 

 

Talabgorlardan vaqti-vaqti bilan Shaxsiy kabinetlariga kirib murojaat holati bilan tanishib turishlarini so’raladi. Shuningdek, o’z shaxsiy kabinetlaridan Soʻrovnomani yuklab olib, maʼlumotlarini tekshirib koʻrishlari mumkin.

 

 

Shaxsiy kabinetingizda murojaat holati haqida quyidagi yozuvlardan biri boʻladi:

 

 

Yangi (yoki yaratilgan shu holatda Siz oʻzingiz aniqlagan noaniqliklarni oʻzgartirishingiz, maʼlumotlarni tahrirlashingiz mumkin);

 

Jarayonda – koʻrib chiqilmoqda ishchi guruh tomonidan oʻrganish boshlangan, bu holatda maʼlumotlarga oʻzgartirish kiritib boʻlmaydi;

 

Qabul qilingan – pedagogga attestatsiyada ishtirok etishga ruxsat berilgan;

 

Rad qilingan – tahrirlashga qaytarilgan. Bu holatda toʻgʻrilash mumkin boʻlgan kamchiliklarni toʻgʻrilab, tezda murojaatingizni qaytadan yuborishinga harakat qilib koʻring.

 

 

Navbatdan tashqari attestatsiya uchun toʻliq toʻlov qilinmasa, murojaatlar elektron bazada koʻrinmaydi va oʻrganib chiqilmaydi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, pedagogik faoliyati uch yildan kam bo‘lgan kadrlar majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydi. Shuningdek, stajyor-o‘qituvchi ishga qabul qilingandan boshlab bir yil ichida kasbiy sertifikatga ega bo‘lishi talab etiladi.

 

 

Muhim eslatma: Murojaatlari qabul qilingan barcha pedagoglar ham Shaxsiy kabinetlaridan SOʻROVNOMAni yuklab olib, undagi maʼlumotlar (FISH, ish joyi, amaldagi toifasi, attestatsiya turi, attestatsiyadan oʻtayotgan fani (lavozimi)) toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanligini tekshirib koʻrishlari shart. Maʼlumotlarda noaniqlik aniqlangan taqdirda zudlik viloyatdagi ISHCHI GURUHlariga murojaat qilishlari kerak boʻladi.