Farg‘onada o‘qituvchi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda

Farg‘onada o‘qituvchi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchining qarindoshlari tomonidan kaltaklangani aytilmoqda.

 

Aytilishicha, voqea viloyatning Toshloq tumanidagi 25-maktabda sodir bo‘lgan.

 

Ma’lumotlarga qaraganda, kaltaklangan o‘qituvchi maktabda jismoniy tarbiya fanidan dars berib keladi.

 

O‘qituvchi maktabning 9-sinf o‘quvchisi bilan qarama-qarshilikka borgan. Shundan so‘ng o‘quvchining qarindoshlari maktabga kelib, o‘qituvchi bilan ko‘rishmoqchiligini bildirgan va yuqoridagi holat ro‘y bergan.