Qirg‘izistonning O‘sh shahridagi oliy ta’lim muassasalaridan 13 295 nafar talaba o‘qishdan chetlatildi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, ta’lim sohasidagi korrupsiya holatlarining oldini olish maqsadida 2024-yil oxiri va 2025-yil boshida oliy o‘quv yurtlari rahbarlari ishtirokida profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, darslarga muntazam qatnashmagan yoki akademik qarzdorligi mavjud bo‘lgan talabalar quyidagi 5 OTMdan chetlatilgan:
O‘sh davlat universiteti — 3 573 nafar;
O‘sh texnologiya universiteti — 2 754 nafar;
Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universiteti — 3 167 nafar;
O‘sh davlat pedagogika universiteti — 3 629 nafar;
Qirg‘iz Milliy universitetining O‘sh filiali — 172 nafar.
Shuningdek, mazkur oliygohlardagi mansabdor shaxslarning talabalarni noqonuniy tarzda o‘qishga qabul qilganliklari yoki o‘qishni davom ettirishlariga ko‘z yummaganlik ehtimoli yuzasidan xizmat tekshiruvlarini olib bormoqda.
Avvalroq, Bishkek, Naryn va Issiqko‘l viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalarida ham yuzlab, ba’zi hollarda minglab talabalar o‘qishdan chetlatilgani haqida ma’lumot bergandi.
