AQSh Davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan nufuzli Fulbright Visiting Scholar Program dasturi o‘zbekistonlik universitet professor-o‘qituvchilari va 10 yillik ish tajribasiga ega mutaxassislar uchun Amerikada 3 oydan 5 oygacha bo‘lgan muddatda tadqiqot yoki leksiya o‘qish imkonini beruvchi grantni taklif qiladi.
Dastur yo‘nalishlari:
Lecturing: AQSh universitetlarida kunduzgi taʼlimda leksiya o‘qish va maslahat berish;
Research: Postdoktorantura bosqichidagi olimlar uchun mustaqil tadqiqot olib borish;
Lecturing/Research: O‘qituvchilik va ilmiy faoliyatni birlashtirgan aralash model;
Research for curriculum development: Yosh o‘qituvchilar uchun yangi kurs yaratish, o‘quv reja ishlab chiqish va dars strategiyalarini ishlab chiqish.
Shuningdek, ushbu dastur doirasida Fulbright Junior Faculty Development Program ham mavjud bo‘lib, kamida 3 yillik to‘liq ish tajribasiga ega yosh o‘qituvchilar 1 semestrlik grantga ariza topshirishlari mumkin.
Kimlar uchun mo‘ljallangan?
Oliy ma’lumotli mutaxassislar (magistr, PhD yoki unga tenglashtirilgan ilmiy daraja egalari);
Universitet o‘qituvchilari, tahlil markazlari xodimlari, davlat va NNT vakillari;
Ta’lim, STEM, ekstremizmga qarshi kurash va sog‘liqni saqlash boshqaruvi sohalarida faoliyat yurituvchilar (lekin klinik davolash bilan shug‘ullanuvchi shaxslar ariza topshira olmaydi).
Yosh chegarasi: 18 yoshdan yuqori.
Maqbullik talablari:
Nomzod O‘zbekiston fuqarosi yoki doimiy yashovchi maqomiga ega bo‘lishi lozim;
Tanlangan sohada PhD darajasi yoki 10 yillik professional tajriba talab qilinadi;
Ingliz tilini yetarli darajada bilish zarur (til testi natijasi talab qilinadi);
Ilmiy izlanishlar AQShdagi akademik hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishi kerak.
Dastur ishtirokchilariga qanday imkoniyatlar beriladi?
AQShga borish-kelish xarajatlari to‘liq qoplanadi;
Moliyaviy yordam va tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi;
Ilmiy izlanishlar davomida AQSh kutubxonalari, laboratoriyalari va madaniy resurslaridan foydalanish imkoni;
AQShda ilgari bo‘lmagan nomzodlarga grant olishda afzallik beriladi.
Hujjat topshirish tartibi:
Arizani onlayn shaklda to‘ldirish talab qilinadi. Ariza quyidagi hujjatlarni o‘z ichiga olishi shart:
AQShda bajarilishi rejalashtirilgan leksiya yoki tadqiqot faoliyatining batafsil tavsifi;
Rezyume (CV);
Ikkita tavsiyanoma;
Bibliografiya (tadqiqot taklifi) yoki dars dasturi (leksiya taklifi);
Qo‘llab-quvvatlash xati (majburiy emas, ammo tavsiya etiladi).
Roʻyxatdan oʻtish ushbu havola orqali amalga oshiriladi;
Ariza toʻldirishdan oldin, yoʻriqnoma bilan batafsil tanishib chiqing.
Muhim eslatma:
Fulbright dasturi ilm-fan, ta’lim va madaniy aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlashni maqsad qiladi. Ariza topshiruvchilardan faoliyatlarining strategik ahamiyati haqida asosli va puxta asoslangan tavsif taqdim etishlari talab etiladi.
Qo‘shimcha savollarni quyidagi manzilga yuborish mumkin:
