Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun bu yil ham qo‘shimcha kvota ajratiladimi?

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun bu yil ham qo‘shimcha kvota ajratiladimi?

2022-yil 31-avgustdagi 213-sonli Prezident farmonining 10-a-bandiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta‘lim tashkilotlarini tamomlagan 6 ming 500 nafar yoshlarga viloyatlardagi davlat oliygohlari uchun qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

 

 

Mazkur tartibga muvofiq, qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarga viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha kvota ajratiladi. Ushbu kvota doirasida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun ajratilgan ta’lim krediti bo‘yicha foiz xarajatlari Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan qoplab beriladi.

 

 

Ma’lum qilinishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullari tomonidan ushbu qo‘shimcha kvotalar joriy o‘quv yilida ham ajratilishi tasdiqlangan.

 

 

Qo‘shimcha kvota mandat e’lon qilingandan so‘ng, ya’ni asosiy tanlov yakunlangach, 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qarab tanlab olinadi. Shunga ko‘ra, o‘qishga kira olmagan qoraqalpog‘istonlik abituriyentlarning eng yuqori ball to‘plagan 6 500 nafariga o‘qish imkoniyati yaratiladi.