Germaniyaning Free University, Humboldt University va Technical University bilan birgalikda Germaniya Bundestagi har yili 50 ta davlatdan kelgan yosh universitet bitiruvchilariga 120 ga yaqin stipendiya ajratib keladi. Dastur 2025-yil uchun ham qabul boshlanganini e’lon qiladi.
Dastur davomida to’liq ish kunining bir qismi sifatida stipendiya egalari parlament ofisining turli vazifalarini, parlament a’zolarinining qo’mitalar, deputatlik guruhlari va boshqa organlarning yig’ilishlarini kuzatib borish va parlamentning ichki faoliyati, o’zaro aloqalari va protseduralari to’g’risida tushuntirishlar olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, stipendiya egalari Germaniya Federativ Respublikasining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti bilan siyosiy fondlar tomonidan tashkil etilgan o’quv seminarlari bilan tanishadilar.
Maqbullik shartlari
— O‘zbekiston fuqarosi bo‘lishi (ikki fuqarolik bo’lishi mumkin);
— Istalgan yo’nalishda bakalavr, magistr yoki doktorlik darajasiga ega bo’lishi (2025-yil 31-dekabrga qadar asosli holatlarda ilmiy darajani tasdiqlovchi hujjat topshirilishi mumkin);
— Nemis tilini yaxshi bilishi (hech bo‘lmaganda B2 darajada);
— 30 yoshdan kich bo’lish (1996-yil 1-martdan keyin tug’ilgan bo’lish lozim);
— Germaniya tarixi bilan birglikda siyosiy va ijtimoiy holatlarga qiziqish bildirishi;
— Ijtimoiy-siyosiy bilimlardan xabardor bo‘lishi kerak.
Foydali tomonlari
— Oyiga €700 miqdorida stipendiya;
— Germaniyaga borib kelish xarajatlari;
— Turar-joy beriladi;
— Tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.
Hujjat topshirish
