Kirish test sinovlari 2025-yil 24-iyul kuni Toshkent shahri va respublikamizning barcha hududida, 25-iyul kuni Toshkent shahrida maxsus belgilangan hududlarda ikki smenada oʻtkaziladi.
Test sinovlarini oʻtkazilish vaqti:
– birinchi smena soat 9:00 da;
– ikkinchi smena soat 15:00 da boshlanadi.
Test sinovi o‘tkaziladigan hudud, sanasi hamda vaqti har bir abituriyentning ruxsatnomasida ko‘rsatilgan.
Eslatma: Abituriyentlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1.5 (bir yarim) soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.
