Suv muammolarini hal etishda innovatsion yechimlar taqdim etadigan ixtirochilar uchun tanlov

Suv muammolarini hal etishda innovatsion yechimlar taqdim etadigan ixtirochilar uchun tanlov

Yer yuzidagi suv bilan bog‘liq muammolarni hal etish uchun innovatsion ilmiy va texnologik usullarni taklif qiladigan ixtirochilar uchun World Water Challenge 2025 tanlovi e’lon qilindi.

 

 

Ushbu dastur Koreya xalqaro suv haftaligi (KIWW) doirasida o‘tkaziladi. Dastur ilg‘or innovatsion yechimlarni kashf qilishni va suv muammolarini hal qilish bo‘yicha belgilangan siyosatni ishlab chiqishni maqsad qilgan muhim platformaga aylanishi kutilmoqda.

 

 

Tanlovga taqdim etiladigan yechimlar quyidagi mavzularda bo‘lishi kerak:

 

 

Smart Technology (aqlli texnologiyalar);

 

Appropriate Technology (mos texnologiyalar);

 

Environment Preservation Technology (atrof-muhitni saqlash texnologiyalari).

 

 

Dastur maqsadi:

Dastur butun dunyo bo‘ylab suv sektori mutaxassislari va manfaatdor tomonlari, shuningdek, yechim provayderlari orasida keng tarmoq yaratishni, mavjud muammolar uchun umumiy muqobil yechimlarni tatbiq qilishni ko‘zlaydi.

 

 

Saralashdan o‘tgan 10 ta yechim egalari World Water Challenge (WWCH) ning yakuniy bosqichiga taklif qilinadi. Yakuniy taqdimot va taqdirlash marosimi KIWW – 2025 doirasida 2025-yil 13-14 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Ma’lumot uchun:

World Water Challenge — bu suv muammolarining yechimlari bo‘yicha o‘tkaziladigan xalqaro tanlovdir. 2015-yilda 7-Butunjahon suv forumining davomiy faoliyati sifatida u har yili Koreya xalqaro suv haftaligi (KIWW) bilan birgalikda dunyo duch kelayotgan suv muammolarini aniqlash va ularni hal etishning mumkin bo‘lgan yechimlarini topish maqsadida o‘tkaziladi.

 

Maqbullik shartlari:

 

– kelib chiqishi, yoshi, jinsidan qat’iy nazar, dasturga qiziqqan barcha ishtirok etishi mumkin;

 

– ingliz tilini bilish lozim. Til bilish sertifikati talab qilinmaydi;

 

– dasturda yakka tartibda yoki tashkilot nomidan ham qatnashish mumkin;

 

– har bir ishtirokchi o‘z yechimini taqdimot shaklida taqdim etadi.

 

Baholash mezonlari (maksimal 100 ball):

 

Comprehension (15 ball) – ishtirokchi mavjud global suv muammolarining kelib chiqishi, sababi, ko‘lami va atrofga ta’sirini to‘liq tushunishi kerak;

 

 

Contribution to “Sustainability” (25 ball) – ishtirokchi barqarorlik tushunchasini to‘liq tushunishi va yechimni amalda qo‘llaganda erishilishi mumkin bo‘lgan barqarorlik darajasini ko‘rsatib berishi lozim;

 

 

Feasibility (30 ball) – yechimni amalga oshirishda iqtisodiy, texnik, huquqiy va siyosiy jihatdan muvofiqligini ta’minlash, yechimni turli sharoitlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lishi, sohaga tatbiq etilgan fan va texnologiyalar amalda tegishli bo‘lishi kerak;

 

 

Originality/Novelty (15 ball) – yechim ilgari xabar qilinmagan yoki amalga oshirilmagan original va yangi bo‘lishi, muammoni hal qilishda innovatsion usullarni taklif qilishi lozim;

 

 

Impact (15 ball) – yechim muammoga yuqori va doimiy ravishda ta’sir ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan bo‘lishi va kutilayotgan ta’sirini yaxshi tasvirlab berishi kerak.

 

Foydali tomonlari:

 

Koreya xalqaro suv haftaligi 2026 va/yoki Jahon suv forumidagi ko‘rgazmaga taklif qilinish imkoniyati;

 

 

G‘oliblar:

 

 

“Eng yaxshi yechim” uchun – 10,000,000 KRW (taxminan 7050 AQSH dollar);

 

“Outstanding” kategoriyasi uchun – 3,000,000 KRW (taxminan 2100 AQSH dollar).

 

 

Ishtirokchilar o‘z yechimlarini butun dunyo bo‘ylab soha ekspertlari va xalqaro auditoriyaga namoyish qiladi.

 

Hujjat topshirish:

 

Dasturda qatnashishni istaganlar KIWW veb-sayti orqali o‘z yechimlarini taqdim etishlari lozim. Takliflarni yuborish faqat saytda onlayn ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng davom ettirilishi mumkin;
Yechimni taqdim etishda ushbu shablondan foydalanish kerak;

 

 

Bir nomzod turli yechimlar bilan bir nechta takliflar kiritishi mumkin;

 

 

Agar yechimlar vizual tarzda umumlashtiruvchi grafik abstrakt (masalan, sxematik diagramma, rasm, animatsiya) tarzida bo‘lsa, ular alohida fayl sifatida topshirilishi kerak.

 

 

Barcha yechimlar ingliz tilida taqdim etilishi shart. Topshirilgan ishlar qaytarilmaydi va ular tashkilotchilar tomonidan ishlatilishi hamda nashr etilishi mumkin.

 

 

Mehmon mamlakat: Janubiy Koreya

Joylashuv: Daegu

Foydalari: To’liq moliyalashtirilgan

Ariza topshirish muddati: 2025-yil 25-iyul

 

Hujjat topshirish