O‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun to‘lov qilinadimi?

O‘qishni ko‘chirish (perevod) uchun to‘lov qilinadimi?

Agar “tashqi perevod” bo’lsa, ya’ni xorijdan yoki o’zimizdagi nodavlat oliygohlardan davlat oliygohiga ko’chirish uchun ariza berilayotganda Bilimlarni baholash agentligiga 187 ming 500 so’m miqdorida to’lov qilinadi, chunki ular testga kiradi.

 

Agar “ichki perevod” bo’lsa, ya’ni bir davlat oliygohidan boshqa bir davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida o’qishni ko’chirmoqchi bo’lsa, unda hech qanday to’lov qilinmaydi. Chunki ular testga kirmaydi.

 

Ya’ni:

 

my.uzbmb.uz sayti orqali ariza berilsa, to’lov qilinadi;

 

transfer.edu.uz sayti orqali ariza yuborilsa, to’lov qilinmaydi.

 

Chunki nodavlat va xorijiy OTMlardan davlat OTMga o’qishni ko’chirish uchun my.uzbmb.uz orqali, davlatning bir univeristetidan boshqa bir universitetiga ko’chirishda esa transfer.edu.uz orqali ariza yuboriladi.

 

Eslatma! Super-kontrakt masalasi faqat “tashqi perevod”da bor, “ichki perevod”da super-kontrakt yo’q.