Bakalavr va magistrlar tayyorlash boʻyicha davlat granti tasdiqlandi

Bakalavr va magistrlar tayyorlash boʻyicha davlat granti tasdiqlandi

Joriy yilning 18-iyul kuni “Davlat oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF–43-son Prezident farmoyishi qabul qilindi.

 

 

Unga ko‘ra, 2025/2026 oʻquv yili va kelgusi 3 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlangan. Bunda:

 

Bakalavriat bosqichiga kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha:

 

▪️ 2025/2026 oʻquv yili uchun – 35 500 ta;

 

▪️ 2026/2027 oʻquv yili uchun – 36 023 ta;

 

▪️ 2027/2028 oʻquv yili uchun – 36 460 ta;

 

▪️ 2028/2029 oʻquv yili uchun – 36 761 ta.

 

 

Magistratura bosqichiga kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha:

 

▪️ 2025/2026 oʻquv yili uchun – 9 922 ta;

 

▪️ 2026/2027 oʻquv yili uchun – 10 191 ta;

 

▪️ 2027/2028 oʻquv yili uchun – 10 477 ta;

 

▪️ 2028/2029 oʻquv yili uchun – 10 784 ta.

 

 

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilar boʻyicha takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi:

 

 

– respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

 

– davlat oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi taqsimoti boʻyicha;

 

– Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan.