O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?

O‘tgan yilgi o‘tish ballarini qayerdan bilish mumkin?

Ma’lumki, 2024 – 2025-o‘quv yili qabulidan boshlab abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish ikki bosqichda amalga oshirilmoqda.

 

Birinchi bosqichda abituriyentlar fanlar majmuasini, ta’lim tilini, test topshirish hududini (alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalishlarda abituriyentlar ta’lim yo‘nalishi va imtihon topshiradigan OTMni ham) tanlaydi. Ushbu bosqich yakunlangandan keyin, deyarli 10 kun davomida har kuni ikki smenada test sinovlari bo’lib o’tadi.

 

Bugun imtihonning uchinchi kuni bo’lib o’tmoqda. Shuningdek, kecha birinchi kun o’tkazilgan imtihon natijalari chiqdi. 

 

Natijalarni quyidagi botlar yordamida qisqa fursatlarda bilib olish mumkin:

 

@e_uzbmb_mandatbot

@e_uzbmb_mandat1bot

@e_uzbmb_mandat2_bot

@e_uzbmb_mandat3bot

@e_uzbmb_mandat4_bot

 

Test sinovlari tugagach ikkinchi bosqich boshlanadi. Bunda abituriyentlar o’zlarining imtihon topshirgan fanlaridan kelib chiqib yo’nalish, ta’lim shakli va oliy ta’lim muassasini tanlashi mumkin.

 

Abituriyentlarga eng mos yo‘nalishni tanlashda yordam beradigan maxsus @mandat_javobbot yaratildi. Botda o‘tgan yilgi o‘tish ballari, barcha yo‘nalish va oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati mavjud.

 

Ushbu bot orqali abituriyentlar o’zlari to’plagan ball orqali qaysi universitetga grantga va qaysi yo’nalishga kontkraktga kirishini bilib olishlari mumkin.

 

Bot manzili – @mandat_javobbot