A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektor tayinlandi

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektor tayinlandi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, Kazakova Saxiba Abdurayimovna A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Akademik faoliyat bo‘yicha birinchi prorektori lavozimiga tayinlandi.

 

 

Saxiba Kazakova Navoiy davlat Pedagogika instituti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan.

 

 

Taʼlimdagi mehnat faoliyatini 2009-yilda Navoiy pedagogika kollejida boshlagan. Respublika taʼlim markazida, Osiyo taraqqiyot bankida va Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

 

 

2023-yilda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Bugunga qadar Agentlikning Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

 

 

Ma’lumot uchun: Prezidentning tegishli farmoni bilan Xilola Uktamovna Umarova – Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanib, shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimidan ozod etildi.