Ikkinchi mutaxassislikka qabul ochildi

Ikkinchi mutaxassislikka qabul ochildi

2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish my.edu.uz portali orqali 10-avgustga qadar davom etadi.

 

Bunda nomzodlar platformada:

 

– oʻzlarining pasport maʼlumotlari, JShShIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;

 

– diplom va uning ilovasi elektron nusxasini yuklaydi;

 

– oʻqimoqchi bo‘lgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydi.

 

Ikkinchi mutaxassislikka oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

Ma’lumot uchun, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.