Sun’iy intellekt tufayli yarim yilda 94 mingdan ortiq IT-mutaxassisi ishsiz qoldi

Sun’iy intellekt tufayli yarim yilda 94 mingdan ortiq IT-mutaxassisi ishsiz qoldi

2025-yil boshidan beri sun’iy intellekt (SI)ning tezkor joriy etilishi sababli yirik texnologik kompaniyalar 94 mingdan ortiq IT-mutaxassisni ishdan bo‘shatdi. 

 

 

Eng ko‘p zarar ko‘rgan mutaxassislar — dasturchilar, HR-mutaxassislar, texnik qo‘llab-quvvatlash xodimlari, kontent yaratuvchilari va menejerlar hisoblanadi. Avtomatlashtirish tufayli bu lavozimlar keraksiz deb topilmoqda.

 

 

Misol uchun, Microsoft yil davomida 15 ming kishini ishdan bo‘shatdi. Kompaniyaning ba’zi funksiyalarni GitHub Copilot orqali avtomatlashtirgan. Amazon o‘z xodimlarini qisqartirish haqida oldindan ogohlantirgan, Google esa Smart TV bo‘limidagi xodimlarning 25 foizini ishdan bo‘shatgan. Meta, Salesforce va boshqa kompaniyalar ham o‘z faoliyatlarini SI loyihalariga yo‘naltirib, xodimlar sonini kamaytirmoqda.

 

 

Microsoft rahbari Satya Nadella kompaniya “SI to‘lqinining yetakchisiga aylanish”ni maqsad qilganini aytgan. Meta rahbari Mark Sukerberg esa 2025-yilni kompaniya uchun “sun’iy intellekt va yangi hisoblash platformalariga o‘tish yili” deb atagan. Amazon bosh direktori Endi Jassi esa “SI paydo bo‘lishi bilan odamlarning roli qisqarishini” ochiq tan olgan.