Dunyo darvozasi siz uchun ochiq: 100 foiz grantli magistratura imkoniyatlari haqida bilasizmi?

Dunyo darvozasi siz uchun ochiq: 100 foiz grantli magistratura imkoniyatlari haqida bilasizmi?

Tasavvur qiling: siz Yevropaning qadimiy universitetlaridan birida o‘qiyapsiz. Ehtimol, Berlindagi DAAD stipendiyasi bilan ertalab darsga yo‘l olyapsiz, yoki Istanbuldagi tarixiy hududda, Turkiya grantida tahsil olyapsiz. Kim biladi, ehtimol, Seulning zamonaviy laboratoriyasida koreys olimlari bilan izlanayotgan bo‘lishingiz ham mumkin. Qizig‘i shundaki, bu orzular faqat boshqalarniki emas. Bu sizning ham orzuingiz bo‘lishi mumkin. Ha, sizning!

 

Bugun dunyo davlatlari o‘z ta’lim eshiklarini O‘zbekiston yoshlari uchun ochmoqda. Butunlay bepul magistratura — o‘qish haqi, yashash, sug‘urta, hatto samolyot chiptasigacha qamrab oluvchi to‘liq moliyalashtiriladigan hukumat stipendiyalari mavjud. Buning uchun sizga faqatgina istak, mehnat va ozgina sabr kerak, xolos.

 

Bu maqolada siz eng nufuzli va ishonchli 100 foiz grantli magistratura dasturlari — Chevening, DAAD, Turkiye Burslari, MEXT, Erasmus Mundus va boshqalar haqida to‘liq va aniq ma’lumotlarga ega bo‘lasiz. Eng muhimi — O‘zbekiston fuqarolari uchun bu imkoniyatlar ochiq!

 

Kelajagingizga sarmoya kiritishni bugundan boshlang. O‘qish uchun qarz olish shart emas. Dunyo sizga sarmoya qilmoqchi — siz faqat qadam tashlashingiz kerak!

 

Grantlar haqida batafsil ma’lumot bu yerda:

 

Chevening Scholarship (Buyuk Britaniya)

  • Kim uchun: Barcha yo‘nalishlardagi iqtidorli yoshlar.
  • Imkoniyatlar: To‘liq kontrakt, yashash, aviachipta, vizalar, sog‘liq sug‘urtasi.
  • Shartlar: Bakalavr darajasi, 2 yillik ish tajribasi, ingliz tili (IELTS).
  • Muddat: Har yili avgust–noyabr oralig‘ida ariza qabul qilinadi.
  • org

DAAD Stipendiyasi (Germaniya)

  • Kim uchun: Akademik va amaliy sohalardagi iqtidorli talabalar.
  • Imkoniyatlar: Kontrakt + stipendiya (800–1200 €), til kurslari, tibbiy sug‘urta.
  • Shartlar: Relevanti mutaxassislik, kuchli motivatsiya maktubi, akademik natijalar.
  • Muddat: Ko‘plab dasturlar uchun yoz–kuzda topshirish boshlangan.
  • de

Fulbright Foreign Student Program (AQSH)

  • Kim uchun: Magistratura va PhD darajalari uchun.
  • Imkoniyatlar: To‘liq o‘qish haqi, turar joy, parvozlar, kitoblar.
  • Shartlar: Bakalavr darajasi, akademik yutuqlar, IELTS/TOEFL.
  • Muddat: Har yili aprel–mayda ochiladi.
  • org

MEXT (Yaponiya Ta’lim vazirligi stipendiyasi)

  • Kim uchun: Magistratura yoki ilmiy tadqiqot qilishni istovchilar.
  • Imkoniyatlar: O‘qish haqi, 143 ming yen atrofida oylik stipendiya, yotoqxona.
  • Shartlar: Bakalavr diplomi, IELTS yoki JLPT, ba’zi hollarda yozma tavsiyalar.
  • Muddat: Har yili aprel–iyun oralig‘ida e’lon qilinadi.
  • MEXT : Ministry of Education, Culture, Sports, Science and Technology

GKS (Global Korea Scholarship)

  • Kim uchun: Koreya universitetlarida magistratura o‘qishni xohlovchilar.
  • Imkoniyatlar: To‘liq o‘qish + yashash + parvozlar + til kurslari.
  • Shartlar: Bakalavr darajasi, yaxshi baholar, tavsiyalar, IELTS/Topik.
  • Muddat: Fevral–martda ochiladi.
  • GKS Scholarship (KGSP) – GKS Scholarship

Turkiye Burslari (Turkiya)

  • Kim uchun: Xalqaro talabalar.
  • Imkoniyatlar: Kontrakt, oylik stipendiya (~180 USD), yotoqxona, sug‘urta.
  • Shartlar: Bakalavr diplomi, tavsiyalar, motivatsion maktub.
  • Muddat: Yanvar–fevral oylarida arizalar qabul qilinadi.
  • gov.tr