Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

Test sinovlariga kirish uchun abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

 

“Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinetidan yuklab olishlari mumkin (Qayd varag‘i degan sahifada yuklab olish tugmasi paydo bo‘lgan).

 

Yoki shaxsiy kabinetga kirmasdan, shunchaki my.uzbmb.uz/allow/bachelor-allow sahifasi orqali pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

 

Eslatma! Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!