Kasbiy (ijodiy) imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Kasbiy (ijodiy) imtihon uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi

Kasbiy (ijodiy) imtihoni bor abituriyentlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

 

Ruxsatnomalarni my.uzbmb.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz mumkin.

 

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

 

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.

 

Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

 

Oddiy yo’nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ruxsatnomalar ham tayyorlanmoqda.

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish