Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi bog‘chalardan birida 6 yoshli bola 2-qavatdan yiqilgani haqida video tarqaldi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 7-sonli davlat bog‘chada 6 yoshli bolakayning 2-qavatdan yiqilgani va og‘ir tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda tarbiyalanuvchi 16-ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining bolalar bo‘limida davolanayotgani ta’kidlangan.
Shifokor Nodirbek Tolipovning qayd etishicha, bosh miya yopiq jarohati, boshning chayqalishi, ikki qo‘l bilak suyaklarning siljishi, poralarda jarohatlar va tishlarning sinishi aniqlangan. Hozirgi paytda bola bolalar bo‘limida davolanayotganini bildirgan.
Holat bo‘yicha, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘z rasmiy munosabatini bildirdi.
Ta’kidlanishicha, voqea 2025-yil 30-iyun kuni taxminan soat 9.45 lar atrofida Chilonzor tumanidagi 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ro’y bergan. Ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchi R.I. nazoratsizlik oqibatida 2-qavat zinasidan yiqilib tushgan. Bundan xabar topgan tashkilot hamshirasi tarbiyalanuvchiga birinchi tez tibbiy yordam ko’rsatgan va 16-sonli shahar shifoxonasi bolalar bo’limiga olib borishgan.
‘‘Shifokorlarning birlamchi tashxisiga ko’ra, tarbiyalanuvchi R.I. ga “ikki qo’l bilak sohasi sinishi, burun suyak sohasi sinishi, yuqori jag’ kurak tishlarining aliyonlari osig’ining sinishi” tashxisi qo’yilgan.
Bolaning ahvoli og’ir bo’lganligi sababli jonlashtirish bo’limiga joylashtirishganligi, ahvoli yaxshilanganidan so’ng jonlantirish bo’limidan chiqarishganligi aniqlangan.
Ayni paytda holat bo’yicha Chilonzor tuman IIO FMB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilayotganligini bildiramiz’’, — deyiladi munosabatda.
