Joriy yilgi magistraturaga hujjat topshirish nega kechikmoqda?

Joriy yilgi magistraturaga hujjat topshirish nega kechikmoqda?

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni my.edu.uz platformasi orqali 1-iyuldan 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etishi haqida xabar berilgan edi.

 

 

Ammo, bugun 1-iyul kunidan magistraturaga hujjat topshirish uchun belgilangan my.edu.uz platformasi ishlamayotganligi haqida xabarlar kelib tushmoqda.

 

 

Mazkur holatni aniqlashtirish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishonch telefoni 1006 raqami bilan bog‘landik.

 

 

Talimxabarlari.uz muxbiriga ma’lum qilishicha, my.edu.uz sayti ishlamayotganligiga asosiy sabab kvota tasdiqlanmagani va kvotalar bugun tasdiqlanishi kutilayotganidir.

 

 

Shuningdek, hujjat topshirish jarayoni ishlamayotganligi sabab talabgorlarga hujjat topshirish uchun qo’shimcha kun qo’shib berilishi hali aniq emasligi, chunki, kvotalar bugun tasdiqlansa, sayt ishga tushishini ma’lum qilishdi.

 

 

Ma’lumot uchun, Oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichi uchun quyidagi hujjatlar kerak bo‘ladi:

 

 

1. Bakalavr diplomi

2. Chet tilini bilish sertifikati

 

 

Magistratura mutaxassisliklarga hujjat topshirish uchun abituriyentlar tanlagan yo‘nalishiga mos milliy yoki xalqaro til sertifikatlariga ega bo‘lishlari zarur.