Ayni vaqta Prezidentning yoshlar bilan uchrashuvi bo’lib o’tmoqda. Uchrashuv davomida Shavkat Mirziyoyev ta’limdagi yutuqlarga alohida to’xtalib o’tdi.
«Yoshlarning oliygohga kirish koʻrsatkichi boʻyicha Surxondaryo bir yil ichida 11-oʻrindan 4-oʻringa koʻtarilib, katta sakrash qildi. Jizzax va Sirdaryo ham yaxshi natija koʻrsatmoqda.
Ikki yil oldin xalqaro fan olimpiadalarida 7 ta hududdan 45 nafar oʻquvchi sovrin olgan boʻlsa, oʻtgan 6 oydaularning safiga Jizzax, Andijon, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent viloyatlari oʻquvchilariham qoʻshilib, jami 166 ta medal qoʻlga kiritildi.
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 325 ming yoshlar oʻqitildi. Ayniqsa, Xorazm, Qashqadaryo va Samarqandyoshlari ITdan katta daromad topishni oʻrganib oldi.
Boshqa bir misol: oʻtgan yili 150 mingdan ziyod yoshlarimiz xalqaro til sertifikatlari oldi, bu 2023-yilga nisbatan 2 baravar koʻp.
Xorijiy tillarni mukammal bilish boʻyicha Toshkent shahri, Fargʻona, Namangan, Buxoro va Samarqand yoshlariancha ilgarilab ketdi.» – dedi Shavkat Mirziyoyev.
