“Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi” – Prezident

“Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi” – Prezident

Ayni vaqtda Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.

 

Davlatimiz rahbari butun Oʻzbekiston yoshlarini qutlugʻ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

 

«Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda?

 

Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, taʼlim, IT, madaniyat, sanʼat va sportdagiyutuqlarini koʻrib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosilqilmoqda», – dedi Prezident.

 

Shuningdek, Prezident islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishgakirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

 

Masalan, oʻtgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish boʻyicha Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni egalladi.

 

Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.

 

Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafaritop-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda. -dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev.