2025-yil 26-iyungi Prezident Farmoniga koʻra, pensiya bilan bogʻliq maʼlumotlar raqamlashtirilib, fuqarolar uchun qulay va avtomatik xizmatlar joriy etiladi.
Iyul–oktyabr oylarida — Har bir mahallada hokim yordamchilari “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda, fuqarolarning mehnat daftarchasi maʼlumotlari tuman (shahar) bandlik va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimlari orqali raqamlashtiriladi.
2026-yil 1-avgustgacha:Oliy taʼlim muassasalari talabalarining oʻqish davriga oid maʼlumotlari toʻliq raqamlashtiriladi. Ushbu maʼlumotlar avtomatik ravishda elektron bazalar orqali tegishli vazirlikka yuboriladi.
2026-yil 1-dekabrdan:
“Mening pensiyam” onlayn xizmati joriy etiladi — ish staji va oyliklar asosida pensiya miqdori oldindan aniqlanadi.
Pensiya bilan bogʻliq barcha xizmatlar toʻliq elektron, proaktiv va interaktiv shaklga oʻtkaziladi. Yaʼni fuqaro ariza bermasdan ham xizmat avtomatik amalga oshiriladi.
