Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati Olot tumanidagi MMT da bogʻcha metodisti va rahbari tarbiyachi urishgani tasvirlangan video tarqaldi.
Ma’lum qilinishicha, holat Buxoro viloyati Olot tumanidagi 27-bogʻchada aprel oyida sodir boʻlgan.
Unda ayollar oshxonada bolalar ovqatlanayotgan vaqtda mushtlashib ketgani tasvirlangan. Bogʻcha metodisti va rahbari tarbiyachini oʻrtaga olib kaltaklagani iddao qilingan. Mudiraga nisbatan intizomiy jazo qoʻllanilgan.
